Kirmang

Lavrov Berlinning Moskvaga qarshi ayblovlarini «haqiqiy urush e’loni» deb atadi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Germaniya rasmiylarining Moskvaga qarshi so‘nggi ayblovlari va harakatlarini «haqiqiy urushning boshlanishi» sifatida baholadi.

Vashington shtati gubernatori Bob Fergyuson O‘zbekistonga tabrik yo‘lladi

Gubernator Vashington shtati xalqi nomidan O‘zbekistonning Sietl shahridagi Bosh konsulxonasi ochilishi munosabati bilan mamlakatimizni samimiy tabrikladi.

Yashnoboddagi maktabda 3-sinf o‘quvchisi og‘ziga noma’lum jism solingani aniqlandi

Hozir bolaning ahvoli qoniqarli, unga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Indoneziyada vulqon otilishi 1,5 mingdan ortiq aviareys kechikishiga sabab bo‘ldi

Mahalliy Kompas nashri ma’lumotiga ko‘ra, bir necha maktabda shanba kuni darslar bekor qilingan, o‘quvchilar va aholi kul tufayli ko‘zlari achishganidan shikoyat qilgan.

BMT: Isroil G‘azoda sulh e’lon qilinganiga qaramay, 1 300 dan ortiq falastinlikni o‘ldirgan

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Folker Turk Isroil G‘azoda qariyb bir yil avval e’lon qilingan o‘t ochishni to‘xtatishga qaramay, kundalik zarbalar oqibatida 1 300 dan ortiq falastinlik halok bo‘lganini bildirdi.

Infografika: O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlik

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7–8 sentyabr kunlari davlat tashrifi bilan Serbiya Respublikasida bo‘ladi.

«Dunyo go‘zali — 2026» tanlovi g‘olibi aniqlandi

Vyetnamda «Dunyo go‘zali — 2026» xalqaro go‘zallik tanlovi yakunlandi. Tanlovda Dominikan Respublikasi vakili, 24 yoshli Joeiri Mola g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Eron Hurmuz bo‘g‘ozining yopilganini ma’lum qildi

Eron Hurmuz bo‘g‘ozini kemalar harakati uchun to‘liq yopganini ma’lum qildi.

Bokuda minalardan tozalash bo‘yicha IV xalqaro konferensiya: xavfsiz aholi punktlari va barqaror tinchlik yo‘lida xalqaro hamkorlik

Bokuda joriy yilning 2–3 sentyabr kunlari “Shaharlarni tiklash uchun gumanitar minalardan tozalash: xavfsiz aholi punktlari uchun mukammallik standartlarini belgilash” mavzusida Minalardan tozalash bo‘yicha IV xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Ozarbayjon Respublikasi Minalardan tozalash agentligi (ANAMA) hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Ozarbayjondagi vakolatxonasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda 60 mamlakatdan 400 nafardan ortiq vakil ishtirok etdi.

Rossiyada harbiy xizmatga yaroqsiz fuqarolarni jalb qilish taklif etildi

Rossiyada harbiy xizmatga to‘liq yaroqsiz deb topilgan (“D” toifasi) fuqarolarni ko‘ngilli sifatida jalb qilish taklif qilindi.

AQShda Isroilni boykot qilgan universitetlar jazolanishi mumkin

AQSh Kongressi Vakillar palatasi Isroilni boykot qilgan yoki Isroil bilan akademik almashinuv dasturlarini cheklagan universitetlarni federal moliyaviy yordamdan mahrum qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini qabul qildi.

The Independent: Tramp ma’muriyati Eronga qarshi urushda halok bo‘lgan harbiylar oilalariga to‘lovlarni to‘xtatgan

Tasnim News xabar berishicha, nashr ma’lumotlariga ko‘ra, bu holatdan jabrlanganlardan biri Iroq ustidan tanker samolyoti halokati oqibatida vafot etgan 33 yoshli AQSh Havo kuchlari uchuvchisi Aleks Kleyner bo‘lgan.