Yashnoboddagi maktabda 3-sinf o‘quvchisi og‘ziga noma’lum jism solingani aniqlandi
Bolalar ombudsmaniga ko‘ra, 3-sinfda o‘qiydigan T.M. yuqori sinf o‘quvchilari tomonidan tahdid qilingan. Bola qarshilik ko‘rsatganiga qaramay, uning og‘ziga noma’lum jism solingan va u jismni yutib yuborgan.
5 sentyabr kuni bolaning sog‘lig‘i yomonlashib, qorni qattiq og‘rigani sabab shifoxonaga yotqizilgan. Tekshiruvda ichki organlarida yot jism aniqlanib, shoshilinch operasiya orqali olib tashlangan.
Hozir bolaning ahvoli qoniqarli, unga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Bolaning onasi esa ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida farzandi maktab hojatxonasi yonida ikki o‘quvchi tomonidan qo‘rqitilgani va og‘ziga temir magnitli bilaguzuk tiqilganini yozgan.
Uning aytishicha, bilaguzuk ichakka tushib, bola kuchli og‘riq bilan shifoxonaga olib borilgan.
Holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Bolalar ombudsmani vaziyatni joyiga chiqqan holda o‘rganmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Aeroportda yangi tug‘ilgan chaqaloq va uning onasi vafot etdi
Ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар маълумотига кўра, д
