Kirmang
Rossiya–Ukraina urushi: asosiy voqealar (1416-kun)
Kiyev: Rossiyaning keng ko‘lamli hujumi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, kamida 25 nafar yaralandi. Sovuq ob-havo sharoitida shaharning qariyb 6000 ta ko‘p qavatli uyi isitishsiz qoldi. Kiyev meri aholini vaqtincha shaharni tark etishga chaqirdi.
BBC: Tramp Venesuela neft sanoatiga sarmoya kiritishni istamoqda, neft kompaniyalari esa bunga shubha bilan qaramoqda
AQSh prezidenti Donald Tramp juma kuni mamlakatdagi eng yirik neft kompaniyalari rahbarlarini Venesuela neft sanoatiga sarmoya kiritishga chaqirdi. Bu chaqiriq Qo‘shma Shtatlar tomonidan Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning qo‘lga olinishidan bir hafta o‘tib yangradi.
Yirik giyohvandlik tarmog‘i fosh etildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi bilan shug‘ullangan bir nechta shaxs qo‘lga olindi. Ulardan jami 1 kilogrammdan ortiq “opiy” musodara qilindi.
Toshkent shahri Sergeli tumanida Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan navbatdagi og‘ufurush qo‘lga olindi
Ma’lum qilinishicha, tezkor tadbirlar davomida gumonlanuvchi qonunga xilof ravishda giyohvand moddalarni saqlash va tarqatish bilan shug‘ullanib kelgan.
Tramp AQSh Meksika hududiga qarshi harbiy amaliy harakatlar boshlash niyatida
Uning so‘zlariga ko‘ra, xavfsizlikka doir tahdidlar sabab yaqin vaqtda quruqlik qo‘shinlari ishtirokida hujumlar o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Suriyada hukumat kuchlari va kurdlar o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lmoqda — Reuters
Suriyaning Halab shahrida bir necha kundan buyon mamlakat markaziy hokimiyati armiyasi va kurdlarning Suriya Demokratik kuchlari o‘rtasida janglar davom etmoqda. Halabning kurdlar yashovchi ikki tumanida artilleriya qo‘llangan holda olib borilayotgan janglar seshanba kuni boshlangan.
Qo‘ylariga hujum qilgan bo‘rini o‘ldirgan shaxsga jarima solindi
Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida chorva moliga hujum qilgan bo‘rini o‘ldirgan fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortildi. Mazkur holat ekologiya qonunchiligi talablarining buzilishi sifatida baholandi.
AQShda ommaviy namoyishlar boshlanib ketdi
Ushbu noroziliklar AQShning Minneapolis shahrida kuchaytirilgan reydlar vaqtida Immigrasiya xizmati ofiseri 37 yoshli ayolni otib o‘ldirganidan keyin boshlandi.
Halabda komendantlik soati joriy etildi
Suriyaning Halab shahrida komendantlik soati e’lon qilindi. Cheklovlar 8 yanvar kuni soat 13:30 dan kuchga kirib, keyingi xabarga qadar amal qiladi.
AQSh Grenlandiyaga bostirib kirsa, Daniya darhol o‘q ochadi — The Telegraph
Daniya Mudofaa vazirligi 1952 yilda qabul qilingan qoida hanuz amal qilishini tasdiqladi. Unga ko‘ra, mamlakat hududiga, jumladan Grenlandiyaga, xorijiy qo‘shinlar kirib kelsa, dat harbiylari yuqoridan buyruq kutmasdan darhol o‘q ochishi shart.
Migrantlarning Rossiyada bo‘lish qoidalari kuchaytirilishi mumkin
Davlat Dumasida migrasiya siyosatiga oid yangi qonun loyihalari tayyorlanmoqda. Bu haqda parlament quyi palatasi raisi Vyacheslav Volodin ma’lum qildi.
Jizzaxda ovchi o‘z sherigini yovvoyi to‘ng‘iz deb o‘ylab otib qo‘ydi
Ovchi esa voqea yuz berganida atrof qorong‘i bo‘lganini, shuning uchun xatoni sodir etganini aytgan.