Kir Starmer
Quva tumanida “Neksiya-2” avtomashinasi haydovchisi piyodani urib yubordi
21 oktyabr kuni voyaga yetmagan “Nexia-2” rusumli avtomashinasini O‘rta xo‘ja xasan ko‘chasida boshqarib ketayotib, yo‘l chetida turgan piyoda Q.Z.ni urib yuborishi oqibatida, Q.Z. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.
Ozoda Nursaidovaning konsertiga chipta olib qo‘ygan fuqaroga pullari qaytarildi
Chipta uchun to‘langan pul mablag‘lari “Ozoda-Nur” MCHJ tomonidan iste’molchining plastik kartochkasiga to‘liq o‘tkazib berilishiga erishildi.
Vazir sobiq deputat Kobul Dusov va XTV ishi haqida gapirdi: «Shuncha odamni xoin degani uchun kim bo‘lishidan qat’i nazar javob berishi kerak»
Inson sifatida men ham sudga berishim mumkin edi aslida. Ammo duch kelgan odam bilan sudlashmayman-ku. Keyin hozir vaqtimni shunga sarflab nima qilaman?!», — dedi Shermatov.
Samarqanddagi konserva zavodi hududida yong‘in sodir bo‘ldi
FVV hududiy boshqarmasinig 10 ga yaqin yong‘in-qutqaruv guruhlari yong‘in sodir bo‘layotgan joyga 3 daqiqada yetib borishib, yog‘och materiallari va boshqa buyumlar bo‘lgan omborxonani o‘chirish uchun taxminan 50 daqiqa vaqt ketgan.
Uchqo‘rg‘onda fojia: yigit sevgan qizining ko‘ksiga 5 marta pichoq sanchdi
Ma’lumki, hayotda insonning yurish-turishi, obod-axloqi, kerak bo‘lsa, taqdirini ham o‘zgartirib yuborishga qodir bir tuyg‘u bor. Bu — muhabbatdir. Agar tarixga, kundalik hayotimizga nazar tashlasak, ayni his-tuyg‘u sabab qanchadan-qancha ezguliklar yoki u bilan hamisha yonma-yon bo‘lgan rashk tufayli biri ikkinchisidan ayanchli voqealar yuz berganiga guvoh bo‘lamiz.
Oddiy qishki qo‘lqoplar koronavirusdan asraydimi?
Qishki qo‘lqoplarni muntazam kiyish rezina qo‘lqoplar singari koronavirus infeksiyasini kamaytirishi mumkin, ammo qo‘lqoplarning to‘liq foydasini baholash hali ham qiyin. Bu fikrni Sechenov universiteti Tibbiy parazitologiya, tropik va yuqumli kasalliklar instituti direktori, Rossiya Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi Aleksandr Lukashev bildirdi, deb xabar beradi RIA Novosti.
Xavfli xastalikka qarshi ilk vaksina yaratildi
Janubiy Florida sog‘liqni saqlash universiteti olimlari alsgeymer xastaligining xavfli va davosi yo‘q turi bilan kasallangan bemorlarga yordam berishi kutilayotgan vaksina yaratishdi. Bu haqda Lenta.ru nashri xabar berdi.
Nahotki?! Rim papasi bir jinsli nikohni oqlab chiqdi
Papaning fikricha, hamjinsbozlar ham turmush qurishi kerak, ana shunda ular huquqiy himoya ostida bo‘ladi.
Rossiyada koronavirusning 80dan ortiq mutasiyasi aniqlandi
Markaz bosh direktori Rinat Maksyutovning ta’kidlashicha, Rossiyaning barcha hududlarida virusning o‘zgarishini aniqlash bo‘yicha onlayn-rejimda tadqiqotlar olib borilmoqda.
Pentagon rahbari AQSh ittifoqchilarini Rossiya bilan agressiv raqobatlashishga chaqirdi
AQSh va uning ittifoqdoshlari dunyoning barcha burchagida Rossiya bilan agressiv raqobat olib borishi va eng yomoniga tayyor turishi kerak. Bu haqda 20 oktyabr kuni Pentagon rahbari Mark Esper ta’kidladi.
Chempionlar ligasi formati o‘zgarishi mumkin
Chempionlar ligasi 2024/25 yilgi mavsumdan boshlab 36 ta jamoaga kengaytirilishi mumkin.
O‘zbekistonda karantin qoidalarini buzib harakatlanayotgan transportlarni ushlab turish tartibi joriy etiladi
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi va e’lon qilingan kundan kuchga kirishini inobatga olib, mutasaddi idoralarga uni keng targ‘ib qilish hamda to‘liq ishlashi uchun zarur mexanizmlarni ishlab chiqib, joriy etish topshirildi.