Nahotki?! Rim papasi bir jinsli nikohni oqlab chiqdi

Nahotki?! Rim papasi bir jinsli nikohni oqlab chiqdi

Rim papasi Fransisk hamjinsbozlarning turmush qurishini ma’qulladi, deya xabar beradi Deutsche Welle. 

“Gomoseksuallarning ham oila qurishga haqi bor. Ular Tangrining bolalari va oila qurish huquqiga ega. Hech kim buning uchun tahqirlanishi yoki azob chekishi kerak emas”, – dedi u “Fransisk” deb nomlangan hujjatli filmda.

Mazkur filmning premyerasi 21 oktyabr kuni Rim kinofestivalida bo‘lib o‘tdi, uni amerikalik rejissyor, asli rossiyalik Yevgeniy Afineevskiy suratga olgan. 

“Fransisk” filmida Andrea Rubera ismli hamjinsboz haqida hikoya qilingan. U o‘ziga o‘xshagan sherigi bilan uch bolani asrab olgan, bolalarni katolik qilib tarbiyalash niyati borligi haqida Rim papasiga maktub yozgan. Papa esa uning ishini ma’qullagan. 

Papaning fikricha, hamjinsbozlar ham turmush qurishi kerak, ana shunda ular huquqiy himoya ostida bo‘ladi. Shunday qilib, Fransisk hamjinsbozlarning turmush qurishini oshkora qo‘llab-quvvatlagan birinchi papa bo‘ldi. 

Fransisk Buenos-Ayresda arxiyepiskop bo‘lib ishlab yurgan paytida ham hamjinsbozlarni himoya qilgan edi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!