Samarqanddagi konserva zavodi hududida yong‘in sodir bo‘ldi

Samarqanddagi konserva zavodi hududida yong‘in sodir bo‘ldi

24 oktyabr kuni “Spitamen shox” ko‘chasida joylashgan konserva zavodining omborida yong‘in sodir bo‘lgan.

Xabar soat 20:20da kelib tushgan. Samarqad FVV hududiy boshqarmasinig 10 ga yaqin yong‘in-qutqaruv guruhlari yong‘in sodir bo‘layotgan joyga 3 daqiqada yetib borishib, yog‘och materiallari va boshqa buyumlar bo‘lgan omborxonani o‘chirish uchun taxminan 50 daqiqa vaqt ketgan.

Yong‘inning umumiy maydoni 650 kv. metr.

Yong‘indan tan jarohati olganlar va vafot etganlar yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!