Yurtimizda

1-noyabrdan issiq suv va issiqlik energiyasi narxlari 30% ga oshadi

Issiq suv va issiqlik ta’minoti uchun narxlar o‘zgarsa-da, siz uni amaldagi narxda saqlab qolishingiz mumkin.

Tibbiyot xodimlariga 7 mln so‘mgacha ustama to‘lanadi

2027 yil 1 iyuldan tibbiyot va farmasevtika xodimlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshlanadi.

Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida tibbiyot va farmasevtika sohasi xodimlari bilan uchrashdi

Davlatimiz rahbari yig‘ilganlarni yaqinlashib kelayotgan kasb bayrami bilan tabriklab, inson salomatligini asrash yo‘lidagi mehnati uchun minnatdorlik bildirdi.

“InnoWeek–2026” xalqaro innovasion g‘oyalar haftaligiga start berildi

Poytaxtimizda Ta’lim va ilm-fan vazirligi huzuridagi Innovasion rivojlanish agentligi tomonidan “O‘zgarayotgan dunyo uchun innovasiyalar” shiori ostida tashkil etilgan “InnoWeek–2026” — xalqaro innovasion g‘oyalar haftaligi rasman ochildi. Uch kun davomida ilm-fan yutuqlari, zamonaviy texnologiyalar, istiqbolli ishlanmalar va yangi biznes g‘oyalar namoyish etilib, mahalliy hamda xorijiy hamkorlar o‘rtasida tajriba almashish va yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish uchun imkoniyatlar yaratiladi.

Ortiqcha plastik kartalar va pin-kodlarsiz to‘lash: Saida Mirziyoyevaning sa’y-harakatlari tufayli Apple Pay va Google Pay tizimlari O‘zbekiston to‘lov tizimlariga integrasiya qilindi

Kundalik hayotimizdagi to‘lovlarni tubdan yengillashtiradigan, uzoq yillar davomida kutilgan qulaylikdir. 27 oktyabrdan boshlab millionlab hamyurtlarimiz o‘z smartfonlari orqali dunyo tan olgan Apple Pay va Google Pay xizmatlaridan erkin foydalanishni boshladilar.

Samarqandda 20 kg.dan ortiq giyohvandlik vositasi kontrabandasi fosh etildi

Ta’kidlash lozim, narkotik modda yuk avtomashinasining xufiyona joyiga hamda 2 dona akkumulyator ichiga yashirilgan holda olib kelingan.

Prezident: "Tibbiyotga katta orzular bilan kirib kelayotgan yoshlarga ishonch bildiraman"

Uchrashuvda davlatimiz rahbari so‘zni tibbiyot xodimlariga berib, ularning taklif va tashabbuslarini tingladi.

Xorijiy klinikalarda tajriba to‘plagan vatandosh shifokorlar mamlakatimiz shifoxonalariga jalb etiladi.

Bu ishlar 26 ta ixtisoslashgan markazdan boshlanadi

Shavkat Mirziyoyev: "Kelasi yil 1 ming nafar tibbiyot xodimi yangi uyga ko‘chib o‘tadi"

Davlatimiz rahbari shifokor mehnatining qadri haqida so‘z yuritib, ma’rifatparvar alloma Abdurauf Fitratning “Insonga xizmat qilgan har bir soha muqaddas, ammo inson sog‘lig‘iga xizmat qilgan soha – ulug‘roqdir” degan so‘zlarini esladi.

Shavkat Mirziyoyev: "Tibbiyot tizimiga "yangi qon" olib kiradigan rahbarlarni saylab, sohada o‘zgarish qilishni boshlasa, ayni muddao bo‘ladi"

Prezidentimiz ayrim assosiasiyalarda yangilanishga intilish yetishmayotganini tanqid qildi.

Shavkat Mirziyov: "Malakali tibbiyot uchun shifokorning o‘zi yetarli emas"

Respublika shoshilinch yordam markazida neyroxirurgiya bo‘yicha katta maktab shakllangani, uning tajribasini hududlarga yetkazish zarurligi ta’kidlandi.

Kelasi yildan 26 ta ixtisoslashgan markaz direktori bilan bir yillik kontrakt asosida ishlashga o‘tiladi

Har bir direktor sohaga yangilik kiritish, quyi bo‘g‘in xodimlari malakasini oshirish va ilmni amaliyotga joriy qilish bo‘yicha aniq majburiyat oladi.