Yurtimizda

Bulung‘urda 498 tup daraxt noqonuniy kesib tashlangani aniqlandi

Ekologiya milliy qo‘mitasi tomonidan hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun Bosh prokuraturaga yuborildi.

Saida Mirziyoyeva Xitoy Xalqaro kommunikasiya markazi raisi Long Yuysyan bilan uchrashdi

Prezident administrasiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Xitoy Xalqaro kommunikasiya markazi raisi Long Yuysyan bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Kogondagi sexda chaqnash oqibatida 4 ishchi halok bo‘ldi

Bugun, 6 dekabr soat 09:40 da Buxoro viloyatining Kogon tumani «Mustaqillik» MFY hududida joylashgan «SHAMS LTD» MCHJga tegishli portlovchi moddalar ishlab chiqarish sexida chaqnash sodir bo‘lib, oqibatda yong‘in kelib chiqdi, deb xabar berdi FVV matbuot xizmati. Buxoro viloyati FVBning 7 ta qutqaruv bo‘linmasi yong‘inni soat 10:27 da to‘liq o‘chirgan.

O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish kuzatilmoqda

2025 yilning yanvar–noyabr oylarida mamlakatimiz turizm sohasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib, barqaror o‘sish sur’atlari qayd etildi. 11 oy davomida O‘zbekistonga 10,7 million nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurdi (o‘sish 114 foiz) va ularga 4,4 milliard AQSh dollari miqdorida turizm xizmatlari eksporti ko‘rsatildi (o‘sish 144 foiz).

YPX xodimini masxara qilib videotasvirga olgan bloger va sherigi jazolandi

Huquqbuzarlar M. M. va B. R. jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Shahrisabz shahrida xizmat vazifasini bajarayotgan yo‘l-patrul xizmati inspektori T. X.ni obro‘sizlantirish maqsadida uni videotasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan.