Zilzila: 13 ta aholi punkti vayronaga aylangan

Zilzila: 13 ta aholi punkti vayronaga aylangan

Kecha Xitoyning Sichuan provinsiyasida mahalliy vaqt bilan 8.48 da sodir bo‘lgan 5,3 magnitudali zilzila 2,6 ming aholi hayotiga ta’sir qilgan, deyiladi RIA Novosti xabarida.
Qayd etilishicha, yer silkinishi o‘chog‘i 15 kilometr chuqurlikda joylashgan. Favqulodda hodisada 13 ta aholi punkti vayronaga aylangan, 222 kishi xavfsiz joylarga ko‘chirilgan.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, zilzila provinsiya iqtisodiyotiga 2,8 million dollar atrofida zarar keltirgan.

Manba: O‘zA


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!