Zelenskiy Ukrainaning urushda g‘alaba qozonish imkoniyatini AQSh Kongressi ajratadigan pulga bog‘liqligini aytdi

Zelenskiy Ukrainaning urushda g‘alaba qozonish imkoniyatini AQSh Kongressi ajratadigan pulga bog‘liqligini aytdi

Agar AQSh Kongressi 61 milliard dollarlik harbiy yordam paketi uchun ovoz bermasa, Ukrainaning urushda g‘alaba qozonish imkoniyati qolmaydi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bu haqda PBS nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Hozirda Ukraina Qurolli Kuchlari va Rossiya armiyasi foydalanayotgan snaryadlarning nisbati 1:10 ni tashkil etadi. Agar biz bugungi kunda nazoratimiz ostida bo‘lgan hududlarni to‘liq himoya qilishni istasak, biz 10:10 nisbatga erishishimiz kerak", — deya ta’kidladi Ukraina rahbari.

Bundan tashqari, Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada cheksiz inson resurslari va ko‘plab snaryadlar mavjud bo‘lib, ularning aksariyati Eronda ishlab chiqariladi.

"Eron Rossiyaga oyiga 350 tagacha Shahed dronlarini yetkazib beryapti", — deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy .


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!