Zelenskiy — ukrainaliklarning eng fojiali xatosimi?

Zelenskiy — ukrainaliklarning eng fojiali xatosimi?

"Ukraina hukumati hozirgi hukumatni saylash bilan "fojiali xatoga yo‘l qo‘ydi", — dedi "Ukraina 112" telekanali efirida Yuqori Rada deputati, Batkivshchina partiyasi rahbari Yuliya Timoshenko.

Shu bilan birga, u ushbu xatoni tuzatish imkoniyati mavjudligini ta’kidladi, chunki bu yil mamlakatda mintaqaviy saylovlar bo‘lib o‘tadi.

"Endi biz bunday hokimiyat, bunday prezidentni tanlab jiddiy, fojiali xatoga yo‘l qo‘yganimizni anglashimiz kerak va buni to‘g‘irlashimiz mumkin", — dedi Timoshenko.

Shuningdek, deputatning so‘zlariga ko‘ra, deyarli 70 foiz Ukraina fuqarolarining aksariyati mamlakat noto‘g‘ri yo‘nalishda ketayotganiga ishonishadi.

Avvalroq Rada navbatdagi mahalliy saylovlarni 25 oktyabrga belgilagan edi, tegishli rezolyusiya loyihasini 326 deputat kerakli 226 ovoz bilan qo‘llab-quvvatlagan, saylovlar Kiyev tomonidan nazorat qilinmaydigan Donesk va Luxansk viloyatlarida o‘tkazilmaydi. Shuningdek, Kiyev tomonidan nazorat qilinadigan Donbass hududida mintaqaviy kengashlarga saylovlar o‘tkazilmaydi. Ushbu hududlar fuqarolik-harbiy ma’muriyatiga bo‘ysunishda davom etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!