Zelenskiy Putinning taklifini ultimatum deb atadi

Zelenskiy Putinning taklifini ultimatum deb atadi

«Ushbu bayonotlar ultimatumdir, ularda avval mavjud bo‘lgan ultimatumlardan boshqa hech narsa yo‘q», deydi u Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning yangi taklifiga izoh berish so‘roviga javoban.

Zelenskiyning ta’kidlashicha, Moskvaning bu tashabbusini qabul qilish hududlarni o‘z qo‘li bilan berishini anglatadi.

Uning fikricha, taklif mojaroni muzlatishdan iborat, ammo mojaroni muzlatib bo‘lmaydi.

Avvalroq Putin Rossiya TIV rahbariyati bilan uchrashuvda Rossiya Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha yangi tinchlik taklifi bilan chiqayotganini aytgan edi. Unda Qrim, Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporoje viloyatlarining Rossiya hududi sifatidagi maqomini tan olish, Ukrainaning qo‘shilmaslik va yadro qurolidan xoli maqomini mustahkamlash, uni demilitarizasiya va denazolifikasiya qilish hamda Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilish nazarda tutilgan. Shu bilan birga, muzokaralarni boshlash uchun Ukraina o‘z kuchlarini Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporoje viloyatlari hududidan olib chiqishi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!