Zelenskiy Nikolayevga tashrif buyurdi

Zelenskiy Nikolayevga tashrif buyurdi

Ukraina prezidenti 24 fevralda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi boshlanganidan beri Kiyevdan tashqariga kamdan-kam sayohat qilgan, biroq Vladimir Zelenskiy shanba kuni Ukraina janubidagi Nikolayevga tashrif buyurdi.

Prezident veb-saytiga ko‘ra, Zelenskiy raketa hujumlari natijasida vayron bo‘lgan Nikolayev ma’muriyati binosini ko‘zdan kechirdi, shuningdek, mahalliy kasalxonaga tashrif buyurdi.

"Bizning Nikolayev viloyati. Viloyatdagi muhim masalalar bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Iqtisodiyot, suv ta’minotini tiklash, qishloq xo‘jaligidagi vaziyatni muhokama qildik. Biz quruqlik va dengizdan kelayotgan tahdidlarga alohida e’tibor qaratdik. Ukrainaning g‘alabasi uchun ishimizni to‘xtatmayapmiz”, — deyiladi Zelenskiyning Telegram-kanalida.

Juma kuni raketa hujumi oqibatida 37 kishi halok bo‘ldi va to‘rtta ko‘p qavatli turar-joy hamda fuqarolik infratuzilmasi ob’ektiga zarar yetdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!