Zelenskiy nega va’dasini bajarmayotganini aytdi

Zelenskiy nega va’dasini bajarmayotganini aytdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy saylovoldi jarayonida prezident bo‘lsa, ishga velosipedda qatnashi haqida va’da bergandi.

Ammo "Xalq xizmatkori" serialidagi Vasiliy Goloborodkodan farqli ravishda u ishga hamon kortejda bormoqda. 

Zelenskiy mazkur masalaga e’tibor qaratdi. Uning aytishicha, prezident korteji shundoq ham kichik (ikkita mashinadan iborat). U migalkadan ham foydalanmaydi. Prezident ham ko‘chadagi harakat ishtirokchisi. Bu haqda Ukraina rahbari Feysbukdagi profilida yozgan. 

Eslatib o‘tamiz, 14 iyul kuni uning korteji Zaporojyeda YTHga uchragandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!