Zelenskiy Modining Moskvaga tashrifini qoraladi. Hindiston bunga munosabat bildirdi

Zelenskiy Modining Moskvaga tashrifini qoraladi. Hindiston bunga munosabat bildirdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Hindiston bosh vaziri Narendra Modining Moskvaga tashrifi va u yerda Vladimir Putin bilan uchrashganini qoraladi. Biroq, Ukraina prezidentining so‘zlari Nyu-Dehlida g‘azab bilan qabul qilindi.

Ukraina prezidenti Modining Rossiyaga tashrifi tinchlik sa’y-harakatlariga og‘ir zarba berganini va dunyodagi eng yirik demokratik davlat rahbarining eng yomon urush jinoyatchisi bilan uchrashishini ko‘rish og‘riqli ekanini aytdi.

Bunga javoban Hindiston Tashqi ishlar vazirligi bu so‘zlardan noroziligini bildirish uchun Ukraina elchisini chaqirdi. Bundan tashqari, Hindiston madaniyat bo‘yicha qo‘shma guruh yig‘ilishini keyinga qoldirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!