Zelenskiy Isroilning The Jerusalem Post nashrining "50 ta nufuzli yahudiy" ro‘yxatidan joy olmadi

Zelenskiy Isroilning The Jerusalem Post nashrining "50 ta nufuzli yahudiy" ro‘yxatidan joy olmadi

Ukrainaning amaldagi prezidenti 2022 yilda mazkur ro‘yxatda birinchi o‘rinni egallagandi, o‘shanda gazeta uni "nafaqat dunyodagi eng nufuzli yahudiy, balki dunyodagi eng nufuzli odamlardan biri" deb atagan.

Bu yil eng nufuzli yahudiy sifatida Amerikaning OpenAI kompaniyasining bosh direktori Sem Altman qayd etilgan. Ikkinchi o‘rinda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu, uchinchi o‘rinda esa AQSh Davlat kotibi Blinken turibdi.

Shuningdek, ro‘yxatni tuzuvchilar "Vagner" asoschisi Yevgeniy Prigojinning nomi "50 talik" ro‘yxatga kiritilmagan bo‘lsada, alohida eslab o‘tishgan. Jerusalem Post gazetasining qayd etishicha, 23 avgust kuni aviahalokatda halok bo‘lgan Prigojinning otasi yahudiy bo‘lgan.

"Dunyodagi eng nufuzli 50 yahudiy" ro‘yxatining e’lon qilinishi shu kunlarda nishonlanayotgan yahudiylarning Yangi yili Rosh-Xashona bayramiga to‘g‘ri keldi. Ushbu ro‘yxatga Isroilda va dunyoning boshqa hududlarida yashovchi yahudiy millatiga mansub taniqli siyosatchilar, tadbirkorlar, shou-biznes yulduzlari va jamoat arboblari kiritiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!