Zelenskiy: "AQSh — strategik sherik va ittifoqchi"

Zelenskiy: "AQSh — strategik sherik va ittifoqchi"

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy amerikaliklarni faxriylar kuni bilan tabriklar ekan, AQShni strategik sherik va ittifoqchi deb atadi.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat ko‘plab umumiy g‘alabalarga erishgan va ko‘plab ukrainaliklar AQSh qurolli kuchlari safida sharaf bilan xizmat qilgan.

U "tinch, fidoyi xizmat" va Amerika qadriyatlariga dalolat sifatida 1991-2002 yillarda "Ozodlik" radiosi Ukraina tahririyati rahbari sifatida ishlagan Roman Kupchinskiyni keltirib o‘tdi.

Zelenskiy, shuningdek, ukrain millatiga mansub bir necha amerikaliklar Qo‘shma Shtatlardagi eng yuqori harbiy sharaf - "Faxriy medal" bilan taqdirlanganini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!