Zalujniy Ukrainaning Londondagi elchisi sifatida ish boshladi

Zalujniy Ukrainaning Londondagi elchisi sifatida ish boshladi

Ukraina Qurolli kuchlarining sobiq bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy Ukrainaning Londondagi elchisi sifatida ish boshladi. Bu haqda RIA Novosti Ukraina OAVlariga tayanib xabar berdi .

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Zalujniy 10 iyulda ish boshlagan.

«Chorshanba kuni uning Londondagi birinchi ish kuni edi», deyiladi matnda.
Eslatib o‘tamiz, Zalujniyning Buyuk Britaniyadagi elchi lavozimiga tayinlangani 9 may kuni ma’lum bo‘lgan edi. Tegishli farmonni Valdimir Zelenskiy imzoladi. Uning Ukraina Qurolli Kuchlari bosh qo‘mondoni sifatidagi o‘rnini Aleksandr Sirskiy egalladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!