Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i asoschisi Zafar Hoshimov Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tayotgan taqdirlash marosimida so‘zga chiqdi va «Do‘stlik» ordeni uchun minnatdorlik bildirdi.
«Men bu mukofotni 5 ming kishilik jamoamizga berilgan yuksak baho deb bilaman. Bu yerda men tadbirkorlar vakili sifatida turibman. Yaqinda sizning tadbirkorlar bilan uchrashuvingiz oldidan men so‘z berilishidan umid qilib, 18 punktdan iborat takliflarimni yozib olgandim. Lekin siz 7 banddan iborat nutqingizni o‘qiy boshlashingiz bilan men takliflarimni o‘chira boshladim, oxiriga borib qarasam, hamma takliflarimni siz o‘ylab bo‘lgan va yechimlarini ko‘rsatib bergan ekansiz.
Aytish mumkinki, siz tadbirkorlar prezidentisiz!
Menga mukofot berilganida ota-onam juda xursand bo‘lishdi va marhum san’atkorlarimizga hurmat ko‘rsatilib, mukofotlarga loyiq ko‘rilgani uchun minnatdorlik so‘zlarini yetkazishimni so‘rashdi», dedi tadbirkor o‘z chiqishida.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Саудиялик машҳур спорт журналисти ва телебошловчи Валид Ал Фараж "Ал Наср" ҳужумчиси Криштиану Роналдунинг охирги вақтлардаги хатти-ҳаракатларига кескин муносабат билдирди.
Ижтимоий тармоқларда "Кийим-кечак дўкони рекламаси одоб-ахлоқ меъёрларига мос келмайдиган тарзда жойланиб, миллий ва оилавий қадриятларга зид образ ва ибораларда берилгани...” жамоатчилик томонидан кўплаб муҳокамаларга сабаб бўлмоқда.
Кубада жиддий ёқилғи танқислиги кузатилмоқда ва таъминот тўлиқ тўхтаса, орол инфратузилмаси учун ҳалокатли оқибатларга олиб келиши мумкин, деб ёзади The Guardian.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Туркия Республикасига расмий ташрифи доирасида мамлакатимиз Биринчи хоними Зироат Мирзиёева Туркия Биринчи хоними Эмине Эрдоған билан биргаликда “Анқара Палас” музейи билан танишди.