Ijtimoiy tarmoqlarda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi faoliyatiga oid navbatdagi video tarqaldi. Ikki kundirki, mazkur video muhokama maydonining asosiy mavzusi bo‘lib turibdi. Bu haqda Qalampir nashri ma’lum qildi.
Tasvirlardan ko‘rish mumkinki, YPX xodimi Sog‘liqni saqlash vazirligi Tez tibbiy yordami tizimining DAMAS rusumidagi avtomobilini to‘xtatadi. Ushbu voqea Surxondaryoning Sherobod shahrida bo‘lgani aytilmoqda.
Avtomobilni boshqarib ketayotgan haydovchi YPX xodimiga mashinada betob odam borligi, uni zudlik bilan shifoxonaga yetkazishi kerakligini aytsa ham YPX xodimi uning so‘zlariga quloq tutishni istamaydi. Aksincha, undan chaqiruvga yuborilganini tasdiqlovchi hujjatni so‘raydi. Haydovchi esa hujjatlarni ko‘rsatishdan bosh tortmaydi va yana avtomobilda betob odam borligini aytishga urinadi.
Shu vaqt YPX xodimi avtomobilga yaqinlashib, haydovchining o‘rindig‘ini egallaydi va mashinani o‘t oldirib, ravona bo‘ladi. Taxminimizcha, YPX xodimi avtomobilni jarima maydonchasi tomonga haydab ketadi. Old o‘rindiqda o‘tirgan hamshiraning ma’lum qilishicha, YPX xodimi haydovchini migalka ni yoqib harakatlanmaslikda ayblayotganini aytadi.
Mazkur video haydovchi emas, balki voqeaga guvoh bo‘lgan odamlar tomonidan suratga olingan. Unda 20 kishidan ortiq kuzatuvchilar YPX xodimini insofga chaqirishga, avtomobilning ortidagi betob kishining hayotini xavf ostida qo‘ymaslikka undaydilar. Biroq, haydovchi orqa o‘rindiqqa o‘tirish uchun avtomobilning eshigini ochganda, o‘rindiqda hech qanday bemor yo‘qligi tasvirlangan. Xo‘sh, u iddao qilgan og‘ir ahvoldagi bemor qayerda? Bu o‘rinda kim haq: haydovchi yo YPX xodimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda bunga o‘xshash videolar juda ko‘p tarqalmoqda. Bir vaqtlar faoliyatiga oid hech bir holatni ko‘zdan qochirmayotgan va har bir voqelikka bayonot berib chiqayotgan IIV so‘nggi vaqtlarda bunday videoisbotlarni bee’tibor qoldirmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.
Ижтимоий тармоқларда тарқалган видеода 8 нафар қиз келин либосида “Эр керак” деб ёзилган плакатлар билан марказий кўчаларни айланиб юргани акс эттирилган.
Исроилнинг 13 июн куни амалга оширган ҳаво ҳужумлари натижасида Натанзда жойлашган асосий ядровий заводидаги уранни бойитиш центрифугалари бутунлай йўқ қилинган бўлиши мумкин. АЭХА бу ҳодисани радиацион ва кимёвий ифлосланиш келтириб чиқарган жиддий авария сифатида баҳоламоқда.
АҚШ мудофаа вазири Пит Хегсет Яқин Шарқдаги марказий ҳарбий округ ҳудудига қўшимча ҳарбий кучлар ва воситалар юборилишини маълум қилди. Бу қарор Америка қўшинларини ҳимоя қилиш мақсадида қабул қилинган.
Миср давлатига қарашли MENA ахборот агентлиги хабар беришича, бу қўшма баёнот 16 июнь куни, Миср ташқи ишлар вазири Бадр Абделатти ташаббуси билан, Яқин Шарқ, Шимолий Африка ва Жанубий Осиёдаги ҳамкасблари билан кенгашлардан сўнг эълон қилинган.
86 ёшли Олий раҳбар Оятулло Али Ҳоманаий борган сари яккаланаётгани кўзга ташланмоқда. Унинг асосий ҳарбий ва хавфсизлик маслаҳатчилари Исроилнинг ҳаво ҳужумлари натижасида ҳалок бўлган, бу эса унинг яқин маслаҳатчилар доирасида катта бўшлиқ қолдириб, стратегик хато қилиш эҳтимолини оширмоқда.