YPX xodimi «Nexia» haydovchisiga qog‘ozdan alkotester yasadi-Samarqand

YPX xodimi  «Nexia» haydovchisiga qog‘ozdan alkotester  yasadi-Samarqand

Samarqand viloyatida 27 sentyabr kuni yo‘l-patrul xizmati xodimi qog‘ozdan yasalgan alkotesterdan foydalangani aks etgan video tarqaldi. Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, shu kuni soat 20:30 atrofida YPX xodimi S.Sayimov tomonidan «Nexia» haydovchisi to‘xtatilgan. YPX xodimi haydovchining mastlik holati bor yoki yo‘qligini qog‘oz yordamida tekshirib ko‘rmoqchi bo‘lgani videoda aks etgan.

Ma’lum qilinishicha, holat yuzasidan viloyat YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda. Ma’lumot o‘rnida, haydovchining alkogolli ichimlikdan mastlik holatini tekshirib ko‘rish uchun viloyat YHXB xodimlariga jami 17 dona maxsus alkotester moslamasi foydalanishga berilgan.

https://t.me/yhxbb_uz/12439


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!