Yo tavba! Bir maktabning 36 o‘quvchisi homilador

Yo tavba! Bir maktabning 36 o‘quvchisi homilador

Janubiy Afrikada g‘alati, bu so‘z ushbu mavzuga qanchalik to‘g‘ri kelishi mumkin, bilmayman, holat sodir bo‘ldi. Ma’lum qilinishicha, Limpopo provinsiyasida joylashgan ushbu maktabning 36 nafar o‘quvchisi homilador ekan. Ta’kidlanishicha, qizlarning bari 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar.

Qayd etilishicha, bu holat hattoki, o‘sha hudud Sog‘liqni saqlash vazirini ham gangitib qo‘ygan.

Hozirgi kunda mutasaddi tashkilotlar 900 nafar o‘quvchi o‘qitiladigan maktabda, aslida, nimalar sodir bo‘lganligini o‘rganishga kirishishgan.

Ta’kidlash joizki, vaqtidan oldin homilador bo‘lish Janubiy Afrika uchun odatiy holatga aylanib ulgurgan. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, 19 yoshgacha bo‘lgan 15 foiz qizlarning kamida 1 ta farzandi bor.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!