Yaponiyaning Suvanose orolida vulqon otildi

Yaponiyaning Suvanose orolida vulqon otildi

Bugun, 17 sentyabr kuni Yaponiyaning janubi-g‘arbiy Suvanose orolida vulqon otildi. Bu haqda Yaponiya Milliy meteorologiya boshqarmasi ma’lumotlariga asoslanib, TACC xabar bermoqda.

Kraterdan 1 km radiusda vulqon jinslarining chiqishi qayd etilgan. Seysmologlar orolda vulqon harakatining davom etishi ehtimoli haqida ogohlantirmoqda. Shu sabab tumanda 5 balli shkaladagi xavfning uchinchi darajasi e’lon qilingan. Bu esa ayni vaqtda orolga kamida 2 km masofagacha yaqinlashib bo‘lmaydi deganidir.

Hozirda qurbonlar va vayronagarchiliklar qayd etilmagan. Eng yaqin qishloq oroldan 4 km uzoqda joylashgan. Unda 80ga yaqin odam istiqomat qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!