Yaponiyada Uganda sportchisi qo‘lga olindi

Yaponiyada Uganda sportchisi qo‘lga olindi

Yaponiya polisiyasi terma jamoasi joylashgan joydan qochib ketgan Ugandadan kelgan og‘ir atletikachi Julius Ssekitolekoni topishga muvaffaq bo‘ldi. 20 yoshli sportchi Yaponiya g‘arbidagi Mie prefekturasida huquq-tartibot idoralari tomonidan hibsga olingan.

Kyodo axborot agentligining xabar berishicha, Julius Ssekitoleko hozirda polisiya tomonidan so‘roq qilinmoqda.

Avvalroq og‘ir atletikachi Ugandadagi og‘ir hayot tufayli uyiga qaytishni istamasligi haqida mehmonxonada yozuv qoldirgandi. U Yaponiyada ish topishga umid qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Yaponiyada bo‘lgan Ssekitoleko og‘ir atletikachilar saralashida qatnashmagan va Olimpiadadan chetlatilgan. 20 iyul kuni u uyiga qaytishi kerak yedi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!