Yaponiyada Pfizer va BioNTech vaksinasida ham noma’lum moddalar aniqlandi

Yaponiyada Pfizer va BioNTech vaksinasida ham noma’lum moddalar aniqlandi

Yaponiyaning Sagamixara shahrida (prefektura Kanagava) mutaxassislar Pfizer va BioNTech kompaniyalarining koronavirusga qarshi vaksinasida yot moddalarni aniqlashdi. Bu haqda NHK telekanali xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, 3ta turli emlash punktidagi tibbiy xodimlar vaksinalarni ko‘zdan kechirganda ularda noma’lum oq moddani aniqlashgan. Barcha holatlarda ushbu vaksinalar bilan emlash amalga oshirilmagan.

Ta’kidlanishicha, bundan bir kun kun avval Kamakura shahrida ham Pfizer vaksinasida yot modda aniqlangan. Shundan keyin ikkala shahar rahbariyati vaksinani ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan ushbu holatlar yuzasidan tegishli taftish o‘tkazishni so‘ragan.

Avvalroq Yaponiya sog‘liqni saqlash vazirligi AQShning Moderna kompaniyasining 1,63 mln doza vaksinasi qo‘llanishi to‘xtatilganini e’lon qilgandi. Bunga vaksinaning Ispaniyada ishlab chiqarilgan ushbu partiyasida yot moddalar aniqlangani sabab bo‘lgan. Ularning o‘lchami bir necha millimetrga yetgan. Ushbu holat aniqlanishi oldidan Yaponiyada ushbu partiyadan 170 mingga yaqin doza aholiga kiritib bo‘lingan.

Yaponiyaning Takeda Pharmaceutical kompaniyasi o‘tkazgan taftishga ko‘ra, vaksinadagi yot moddalar ularni ishlab chiqarishda qo‘llanuvchi zanglamas po‘latdan ishlangan qurilma qismlari bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, bu moddalar vaksina bilan organizmga tushsa ham sog‘liqqa zarar yetkazmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!