Yaponiyada mamlakatdagi ilk vodorod poyezdi sinovdan o‘tkazildi

Yaponiyada mamlakatdagi ilk vodorod poyezdi sinovdan o‘tkazildi

Yaponiyaning eng yirik temir yo‘l kompaniyasi mart oyida vodorod yonilg‘i poyezdini sinovdan o‘tkazishni boshlaydi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi. Ikki vagonli Hybari poyezdini ishlab chiqish uchun taxminan 35 mln dollar sarflangan. Poyezd vodorodni bir marta to‘ldirishda 100 km/soat maksimal tezlikda 140 kilometr masofani bosib o‘ta olishi ma’lum qilindi.

Yaponiya hukumati 2050 yilga kelib vodoroddan foydalanish hajmini 20 mln tonnaga oshirishni maqsad qilgan. Bir nechta energetika kompaniyalari vodorod narxini pasaytirish uchun yetkazib berish zanjirlarini qurishga harakat qilmoqda. Germaniya 2018 yildayoq Alstom SA tomonidan qurilgan dunyodagi birinchi vodorod poyezdini ishga tushirgan edi. Siemens AG va Deutsche Bahn AG yangi mintaqaviy poyezdlar va maxsus yonilg‘i quyish shoxobchalarini ishlab chiqayotgani aytildi. Kompaniyalar ularni 2024 yilda sinovdan o‘tkazadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!