Yaponiyada koronavirusning yangi turi aniqlandi

Yaponiyada koronavirusning yangi turi aniqlandi

Yaponiya o‘z hududida koronavirusning yangi turi va ushbu turga chalingan odamlar zanjiri aniqlanganini ma’lum qildi. Ushbu zanjir Tokiodagi immigrantlar markazida qayd etilgan. Bu esa hozir COVID-19ning uchinchi to‘lqini yuz berayotgan Yaponiyaga yangi qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda.

Yangi variant Yaponiyaning sharqidagi Kanto hududida 91 kishida va aeroportda ikki kishida aniqlandi, dedi juma kuni Vazirlar Mahkamasining bosh kotibi Kasunobu Kato. Ayni paytda hukumat koronavirusning mutasiyaga uchragan yangi turlariga qarshi kuzatuvni kuchaytirmoqda. Chunki yangi mutasiyalar bugungacha yaratilgan vaksinalarga nisbatan ancha chidamli bo‘lishi mumkin.

«Yangi tur odatdagi shtammlarga qaraganda yuqumliroq bo‘lishi mumkin. Agar u mamlakat ichida tarqalishda davom etsa, bu kasallanganlarning tez suratda o‘sishiga olib kelishi mumkin» deydi Kato.

Yaponiyadagi Yuqumli kasalliklar milliy institutining ma’lumotlariga ko‘ra, aniqlangan yangi shtamm chet elda paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ushbu yangi turda boshqa variantlarda topilgan E484K mutasiyasi mavjud bo‘lib, bu hozirgacha ishlab chiqilgan vaksinalarning unga bo‘lgan samaradorligini pasaytirishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!