Yaponiyada koronavirusga chalinganlar soni keskin oshmoqda

Yaponiyada koronavirusga chalinganlar soni keskin oshmoqda

Yozgi Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilayotgan Yaponiyada o‘tgan kun davomida 10743 koronavirus infeksiyasi aniqlandi, bu eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi.

Kasallik darajasi oshgani munosabati bilan mamlakat rasmiylari Tokio yaqinida joylashgan uchta prefekturada: Sayta, Chiba va Kanagavada 2 avgustdan 31 avgustgacha favqulodda rejim joriy etilganligini e’lon qildi, deb yozadi “TASS”.

Tokioda kasallanish bo‘yicha antirekord ham qayd etildi — kuniga 3 865 nafar yangi bemor.

"Infeksiya Tokio va g‘arbiy shaharlarda biz ko‘rmagan tezlikda tarqalmoqda", dedi Yaponiya Bosh vaziri Yosixide Suga.

Cheklov choralari allaqachon favqulodda rejimning bir qismi sifatida Tokio va Okinava prefekturasida joriy qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!