Yaponiyada jaziramadan 57 kishi vafot etdi

Yaponiyada jaziramadan 57 kishi vafot etdi

Yaponiyada bir hafta davomidagi jazirama oqibatida 57 kishi vafot etdi, qariyb 20 ming nafari issiq urishidan kasalxonaga yotqizildi, deya xabar berdi «TASS».

Vafot etgan va issiq urganlarning aksariyati keksa yoshdagi kishilar ekanligi aytilmoqda.

Qayd etilishicha, so‘nggi haftada butun Yaponiyada issiq urishidan umumiy hisobda 18347 nafar odam kasalxonaga yotqizilgan. Jazirama issiq butun Yaponiyada kuzatilmoqda va hozirda ayrim joylarda havo harorati 39 darajagacha ko‘tarilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!