Yaponiyada F-35 qiruvchi samolyot yo‘qoldi

Yaponiyada F-35 qiruvchi samolyot yo‘qoldi

Yaponiyada Havo kuchlariga tegishli beshinchi avlod qiruvchi samolyoti F-35 Lightning II yo‘qoldi.

Mahalliy vaqt bo‘yicha 19:30 da samolyot radarlardan yo‘qolib qolgan. Xabar qilinishicha samolyot Misava harbiy bazasidan uchib chiqqan bo‘lib, sinov parvozini o‘tkazayogan edi. Qiruvchi bilan aloqa yo‘qolgan paytda u aerodromdan 135 kilometr uzoqlikda Tinch okeanida edi.

F-35 ning bortida bitta uchuvchi bor edi. Uchish oldidan o‘tkazilgan tekshiuvda hech qanday muammo topilmagan.

Mainichi gazetasining yozishicha samolyot qulab tushgan. Fevral oyida Yaponiya Havo kuchlariga tegishli F-2 qiruvchi samolyotining qulagani haqida ham xabar tarqalgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!