Yaponiyada avtomobil bir guruh bolalarni urib ketdi

Yaponiyada avtomobil bir guruh bolalarni urib ketdi

Yaponiyaning markaziy qismidagi Xigasiura shahrida avtomobilning bir guruh bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchilarini urib yuborishi oqibatida kamida 10 nafar bola jarohatlandi, deya xabar beradi TASS.

Payshanba kuni Asahi gazetasining xabar berishicha, bog‘cha bolalari yaqin atrofdagi shifoxonaga yetkazilgan va ularga yengil jarohatlar tashxisi qo‘yilgan. Bundan tashqari, 70 - 80 yoshlardagi haydovchi kasalxonaga yotqizilgan, u sog‘lig‘i yomonligidan shikoyat qilgan. Polisiya xodimlari hodisa sabablarini aniqlash uchun surishtiruv ishlarini boshladi.

So‘nggi yillarda Yaponiyada keksa haydovchilarning noxush holatlari ko‘paydi. Shu munosabat bilan mahalliy polisiya o‘z qobiliyatlari noaniq bo‘lsa, haydovchilik huquqidan ixtiyoriy ravishda voz kechishga chaqirmoqda.

Yomiuri gazetasining yozishicha, payshanba kuni Yaponiyada yana bir mashina bolalarni urib yuborgan. Avtomobil haydovchisi mamlakatning markaziy qismidagi Kikugava shahrida bir guruh maktab o‘quvchilari bilan to‘qnashgan, shundan so‘ng u voqea joyidan qochib ketgan. Polisiya uni ushlash uchun operasiya boshladi. Hodisa oqibatida to‘rt nafar maktab o‘quvchisiga yengil tan jarohati tashxisi qo‘yilgan, ularning hayotiga hech qanday xavf yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!