Yaponiya Xitoyga norozilik bildirdi

Yaponiya Xitoyga norozilik bildirdi

Yaponiya hukumatining bosh kotibi Xirokadzu Masunoning matbuot anjumanida ma’lum qilishicha, Xitoyning qo‘riqchi kemalari Yaponiyaning suv hududlariga kirgani uchun rasmiy Tokio diplomatik kanallar orqali Xitoyga noroziligini yetkazgan.

"Xitoy sohil qo‘riqchilariga qarashli kemalarning faoliyati birinchi navbatda xalqaro huquqni buzish deganidir. Biz diplomatik kanallar orqali qat’iy noroziligimizni yo‘lladik va Pekinni zudlik bilan kemalarni olib ketishga chaqirdik", – dedi u.

Yaponiya sohil qo‘riqchilari bergan ma’lumotga ko‘ra, Xitoyning ikkita kemasi seshanba kuni ertalab Senkaku oroli suvlik hududiga kirgan. Bu yil boshidan buyon 12 chi xodisadir.

Senkaku oroli (xitoycha nomi Dyaoyuydao) Xitoy bilan Yaponiya o‘rtasida hududiy mojaroga sabab bo‘lib kelmoqda. Chunki orol Yaponiya nazorati ostida, lekin unga Xitoy ham da’vo qilib keladi.

Ikkinchi jahon urushidan keyin orol AQSh nazoratiga o‘tgandi, keyinroq, ya’ni 1972 yilda orol Yaponiyaga berildi. Tayvan va Xitoy esa Yaponiyani orolni noqonuniy ushlab turganlikda ayblab keladi. Senkaku oroli hududi tabiiy qazilma boyliklarga serobligi ta’kidlab kelinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!