Yaponiya O‘zbekiston kompaniyasiga qarshi cheklovlar kiritmoqda

 Yaponiya O‘zbekiston kompaniyasiga qarshi cheklovlar kiritmoqda

Yaponiya O‘zbekiston kompaniyasiga qarshi cheklovlar kiritmoqda, u Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordam bergan.

Yaponiya Xitoy, Hindiston, BAA, Qozog‘iston va O‘zbekiston kompaniyalariga Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordam bergani uchun sanksiyalar joriy qiladi. Bu haqda Yaponiya hukumati bosh kotibi Yosimasa Hayasi Tokiodagi matbuot anjumani vaqtida ma’lum qildi.

"Bu sanksiyalar muayyan davlatlarga qaratilgan emas, balki sanksiyalarni chetlab o‘tishda ishtirok etgan ayrim kompaniyalarga qarshi choralar sifatida ko‘riladi. Biz hozir Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketi tafsilotlarini kelishishning yakuniy bosqichidamiz va tez orada rasman e’lon qilishni rejalashtirmoqdamiz", — deya ta’kidladi Hayasi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!