Yaponiya ukrainalik sapyorlarni o‘qitadi

Yaponiya ukrainalik sapyorlarni o‘qitadi

Yaponiya hukumati Kiyevga yordam ko‘rsatish doirasida 22 yanvardan boshlab ukrainalik sapyorlarni mamlakat hududida o‘qitishni tashkil qiladi, deb xabar berdi Kyodo agentligi.

Xabarda qayd etilishicha, Yaponiya tomoni mamlakatda ishlab chiqarilgan to‘rtta mina detektorini ukrainaliklarga topshiradi, shuningdek, ulardan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar beradi. Bundan tashqari, Yaponiya rasmiylari ukrainalik sapyorlarni tayyorlashni davom ettirish uchun kelasi bir necha oy ichida o‘z mutaxassislarini Polshaga yuborish niyatida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!