Yaponiya qirg‘oqlarida zilzila sodir bo‘ldi

Yaponiya qirg‘oqlarida zilzila sodir bo‘ldi

Tinch okeanida Tateyama shahridan (Chiba prefekturasi, Xonsyu oroli) 367 km janubi-sharqda 5,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Rossiya Fanlar akademiyasi Yagona geofizika xizmatining Oltoy-Sayan bo‘limi.

Oltoy-Sayan filialining tezkor ma’lumotlariga ko‘ra, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:52 da (Juma kuni mahalliy vaqt bilan 04:52) qayd etilgan zilzila episentri Yaponiyaning kichik Xachijo orolidan taxminan 268 km sharqda joylashgan.

Episentrdagi silkinish intensivligiga ko‘ra, zilzila “juda kuchli” deb baholanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!