Yaponiya mudofaa qobiliyatini mustahkamlamoqchi

Yaponiya mudofaa qobiliyatini mustahkamlamoqchi

Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida amerikalik bir guruh senatorlar bilan uchrashuvda uning mamlakati mudofaa xarajatlarini oshirishini ma’lum qildi, deyiladi Yaponiya tashqi ishlar vazirligi tarqatgan xabarda.

"Bosh vazir NATO bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash ustida ish olib borishi haqida ta’kidladi. Bundan tashqari, bosh vazir Hind –Tinchokeani mintaqasida tinchlik va taraqqiyotni ta’minlash jahon hamjamiyati uchun muhim ekanini aytgan.

O‘tgan oyda AQSh – Yaponiya o‘rtasida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi uchrashuv natijasi ularoq Yaponiyaning mudofaa qobiliyatini tubdan mustahkamlash, Yaponiya – Amerika ittifoqini qo‘llab-quvvatlash zarurligi qayd etildi", – deyiladi mamlakat tashqi ishlar vazirligi tarqatgan bayonotda.

Kisida shu yil may oyida AQSh prezidenti Jo Bayden bilan uchrashganda Yaponiyaning mudofaa xarajatlarini oshirish niyatida ekanini aytgandi.

Yaponiya haligacha mudofaa xarajatlarini oshirish masalasida aniq raqamni aytgani yo‘q. Gap ushbu xarajatlarni kelgusi besh yil davomida oshirib borish, shuningdek, NATO mamlakatlari kabi mamlakat YAIMining 2 foiziga yetkazish ustida bormoqda. Hozirda Yaponiya mudofaaga taxminan 5,4 trillion iyena (taxmina 40 milliard dollar) sarflamoqda. Bu mamlakat YAIMining 1,24 foizini tashkil etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!