Yaponiya bosh vaziri tanqid qilindi

Yaponiya bosh vaziri tanqid qilindi

Yaponiya Iqtisodiy xavfsizlik vaziri Sanae Takaiti bosh vazir Fumio Kisidani oshib borayotgan mudofaa xarajatlarini yuqori soliqlar hisobiga moliyalash rejalari uchun tanqid qildi.

Uning ta’kidlashicha, kompaniyalar ish haqini oshirganda, pul iqtisodiyotda aylanib, soliq tushumlarining oshishiga olib keladi.

“Hozir o‘z bayonotlari bilan korporasiyalarning ish haqini oshirish kayfiyatini tushirib yuborayotgan bosh vazirning asl niyatlarini tushunmayapman”, — dedi Takaiti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!