Yangiyo‘lda fermer xo‘jaligi dalasidan 1 kilo marixuana topildi

Yangiyo‘lda fermer xo‘jaligi dalasidan 1 kilo marixuana topildi

Giyohvandlik vositalarining yurtimizga yashirincha olib kirilishi va noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli tarzda kurash olib  borilmoqda.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbir davomida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi bilan bog‘liq yana bir qing‘irlik fosh bo‘ldi.

Yangiyo‘l tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, tumandagi fermer xo‘jaligi dala maydonlaridan biri o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirilganida, dala maydonining chetida o‘t-o‘lanlar orasiga oq rangli polietilen qopga solib, yashirib qo‘yilgan o‘ziga xos o‘tkir hidli 1054,94 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!