Yangi qonun: endi bolalarga qo‘l ko‘tarish mumkin emas

Yangi qonun: endi bolalarga qo‘l ko‘tarish mumkin emas

Yaponiya vazirlar mahkamasi bolalarni himoya qilish bo‘yicha qonunga o‘zgartirishlar kiritdi. Bu haqda xabar.uz yozmoqda.

The Japan Times tomonidan xabar qilinishicha, o‘zgartirishlar avvalo bolalarga nisbatan qonunbuzarliklarning oldini olishi lozim. Bu o‘rinda gap ota-onalar, vasiy shaxslar va ijtimoiy xizmat xodimlariga bolalarga nisbatan kuch ishlatishni ta’qiqlash borasida ketyapti.

Yangi o‘zgarishlar 1 apreldan kuchga kirishi ko‘zda tutilgan. Eslatib o‘tamiz, fevral oyida Yaponiyada 10 yoshli Mi Kurixarining vafoti juda katta bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan edi. Qizchaning jasadi o‘z uyining vannasidan topilgan. Bunga qadar u o‘ziga nisbatan otasi tomonidan shafqatsiz munosabat bo‘lgani haqida shikoyat qilgan, ammo mahalliy hokimiyat buni ko‘rib chiqishni istamagan edi. Tahmin qilinishicha qizchani o‘z otasi o‘ldirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!