Yaman: Xodayda aeroporti isyonchilardan ozod etildi

Yaman: Xodayda aeroporti isyonchilardan ozod etildi

Yaman preziyenti Abdurab Mansur Xodiy qo‘shinlari Xodayda shahridagi xalqaro aeroport ustidan nazoratni qo‘lga kiritdi. Bu haqda armiya matbuot xizmati Tvitter orqali ma’lum qildi.

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi xalqaro koalisiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan Yaman armiyasi bir necha kuch oldin Xodayda shahrini isyonchi xusiylardan tozalash maqsadida harbiy operasiya boshladi.

BMT esa shaharning uzoq vaqt qamalda qolishi oqibatida 250 ming kishi uchun gumanitar fojia kelib chiqishi va minglab kishilar halok bo‘lishi mumkinligidan xavotir bildirdi.

Xodayda Yamanda ishlab turgan kam sonli portlardan biri hisoblanadi, importning 70 foizi aynan shu port orqali keladi. Bu shaharda taxminan 600 ming aholi istiqomat qiladi.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!