Xushxabar! Koronavirusga chalingan bosh vazirning ahvoli yaxshilanmoqda

Xushxabar! Koronavirusga chalingan bosh vazirning ahvoli yaxshilanmoqda

Koronavirusga chalinib, reanimasiyaga tushib qolgan Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonning ahvoli yaxshilandi. Ammo St-Tomas shifoxonasida reanimasiyada qoldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Jonson o‘ziga kelgan, uning ahvoli tobora yaxshilanmoqda.

Bosh vazir allaqachon boshqalar bilan aloqada bo‘lib, kislorodli terapiyadan keyin yotoqda o‘tirishi mumkin.

“Kasalxonadan olgan so‘nggi ma’lumotimiz shundan iboratki, Bosh vazir hanuzgacha reanimasiyada, ammo ahvoli yaxshilanmoqda. U allaqachon to‘shakda o‘tirgan va kasalxona xodimlari bilan suhbatlashgan", deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!