Xulosa! Koronavirusning jilovi karantinda

Xulosa! Koronavirusning jilovi karantinda

Koronavirus pandemiyasiga qarshi samarali kurash choralaridan yana biri karantin qoidalarini o‘rnatish va unga qat’iy amal qilishdir. Karantinga e’tibor susaysa, virusning kengroq tarqalishiga sharoit tug‘iladi.

Xususan, epidemiologik vaziyat yomonlashganligi sabab, Qozog‘istonda hukumat yana karantin choralarini kuchaytirdi. Armanistonda “niqob rejimi” kuchaytirildi, yuzlab do‘konlar, dorixonalar, go‘zallik salonlari, kafelar va boshqalar yana yopildi. Ozarbayjonda vaziyat murakkablashgani tufayli karantin yana ikki xaftaga uzaytirildi.

AQSh va Yevropada pandemiyaga qarshi ko‘rilgan choralarni taqqoslab ko‘rgan amerikalik mutaxassislarning ta’kidlashicha, ko‘plab Yevropa mamlakatlari cheklov choralarini o‘rtacha 97%, AQSh esa bunday choralarni atigi 50% kiritgan. Bu esa AQShda virusning yanada keng tarqalishiga olib keldi. Natijada mamlakatda dunyodagi eng yomon vaziyat hukmron bo‘lib turibdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!