Xorijda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizning 1 mln 200 ming AQSh dollari miqdoridagi pullari undirib berilgan

Xorijda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizning 1 mln 200 ming AQSh dollari miqdoridagi pullari undirib berilgan

Xorijda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizning 1 mln 200 ming AQSh dollari miqdoridagi pullari undirib berilgan.

Joriy yilning 10 oyi davomida Tashqi mehnat migrasiyasi agentligiga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 85 ming 634 ta murojaat kelib tushgan.

Murojaatlar asosida xorijda ishlash istagida bo‘lgan yurtdoshlarimizning 35 ming 381 nafariga tashkiliy va manzilli tarzda ishga joylashishga ko‘maklashilgan, xorijda ishlayotgan 8 667 nafariga huquqiy, 7 141 nafariga ijtimoiy va 2 474 nafariga jami 71 400 AQSh dollari miqdorida
moddiy yordam ko‘rsatilgan.

Xorijda qiyin ahvolda qolgan 76 nafar yurtdoshimiz vaqtinchalik xostellarga joylashtirilgan bo‘lsa, og‘ir ahvolga tushib qolgan 443 nafar yurtdoshimiz Vatanga qaytarilgan.

Yurtdoshlarimizning 1710 nafarini ish beruvchi tomonidan to‘lanmayotgan ish haqi, 98 nafarini esa kompensasiya to‘lovlari shaklidagi jami 1 mln 200 ming AQSh dollari miqdoridagi pullari undirib berilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!