Xorazmda murojaatini qaytarib olishni va’da qilgan tovlamachi ushlandi

Xorazmda murojaatini qaytarib olishni va’da qilgan tovlamachi ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.YO. Gurlan tumanidagi sobiq muqobil mashina traktor parki va uning yordamchi binolarini go‘yoki “G” MCHJ rahbari noqonuniy ravishda sotib olganligi haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yozgan murojaatlarini qaytarib olib harakatdan to‘xtatishi evaziga, MCHJ rahbaridan tovlamachilik yo‘li bilan 180 mln so‘m talab qilib, shundan 4 000 AQSh dollari va 74 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!