Xorazmda maoshini so‘ragan ishchi rahbari tomonidan kaltaklangani rostmi?

Xorazmda maoshini so‘ragan ishchi rahbari tomonidan kaltaklangani rostmi?

2022 yil 3 yanvar kuni telegram messenjeridagi sahifalardan birida “Ijtimoiy tarmoqlarda xorazmlik yigit kaltaklanganligi suratlari tarqaldi” nomli sarlavha ostida “Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumani Obod mahallasida 2022 yil 3 yanvar kuni issiqxonada ishlagan ishchisi oylik maoshni so‘ragan paytida rahbari tomonidan kaltaklangan tuman ichki ishlari va tuman tibbiyot birlashmasi hech ish qilgani yo‘q. Boboyev Hasanboy Alisher o‘g‘li o‘lim bilan olishmoqda zo‘ravonlar hamon ochiqda yuribdi” degan xabar tarqalib, unga bir nafar fuqaroning xiralashtirilgan yuz qismi surati ilova qilingan.

Xorazm viloyati IIB mazkur xabar yuzasidan yuzasidan quyidagilarni ma’lum qildi:

2022 yil 3 yanvar kuni soat 12:05 da Tuproqqal’a tuman tibbiyot birlashmasi navbatchi-shifokori tuman IIB navbatchilik qismiga 1999 yilda tug‘ilgan X.Boboyev tan jarohati bilan murojaat qilganligi to‘g‘risida xabar bergan. Mazkur xabar IIB navbatchilik qismida belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan va X.Boboyevning tan jarohati olishi bilan bog‘liq xolat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlangan.

Dastlabki tekshiruv natijasida fuqaro X.Boboyev Tuproqqal’a tumanida joylashgan issiqxonada yollanma ishchi bo‘lib ishlab kelganligi va 2022 yil 3 yanvar kuni shu issiqxonada yollanma ishchi bo‘lib ishlab kelayotgan, 1975 yilda tug‘ilgan O.S. bilan o‘zaro kelishmovchilik sababli janjallashganligi, O.S. fuqaro X.Boboyevning yuz qismiga qo‘li bilan bir marotaba urganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirgi kunda X.Boboyevning olgan tan jarohatlari yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlanib, tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!