Xorazmda giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanayotgan shaxslar ushlandi

Xorazmda giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanayotgan shaxslar ushlandi

Joriy yilning 29 sentyabr kuni Xorazm viloyati IIB Transportda XTBga kelib tushgan arizaga ko‘ra, R.A. ismli fuqaro Urganch shahar Xonqa ko‘chasida yashovchi 1996 y.t. “SH” ismli shaxs, Urganch temir yo‘l shifoxonasi yonidagi dorixonalar oldida “tramadol lannaxer” va boshqa taqiqlangan dori vositalarini sotish bilan shug‘ullanishi va uni jinoyat ustida ushlashda amaliy yordam berishini bildirgan.

Olib borilgan tezkor tadbir davomida Xorazm viloyat IIB Transportda XTB hamda DXX Xorazm viloyati boshqarmasi xodimlari 1996 y.t. “Yoshlar kelajak yo‘lida” MCHJ rahbari lavozimida ishlovchi, T.SH.ni Temir yo‘l shifoxonasi yonidagi dorixona binosi oldida shartli haridor R.A.ga 4.000.000 mln. so‘mga, jami 50 dona “Tramadol lannaxer” yozuvli dori dositasini sotgan vaqtida ushlab, yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, 2 dona “Tramadol lannaxer” yozuvli va 2 dona “Regapen” yozuvli dori vositalar borligi aniqlanib hujjatlashtirilgan.

T.SH. o‘z ko‘rsatmasida ushbu dori vositalarini tanishi “X” ismli shaxsdan olganligini va uni ushlashda amaliy yordam berishini bildirgan.

30 sentyabr’ kuni 1985 y.t. Urganch shahar P.Maxmud ko‘chasida yashovchi R.X. Urganch shahri Namangan ko‘chasida shartli haridor T.SH.ga 300.000 so‘mga, 6 dona “Regapen” tabletkasini sotgan vaqtida ushlanib, yonlari xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, 8 dona “Regapen” tabletkasi hamda bir bo‘lakdagi oq qog‘oz parchasiga o‘ralgan yashil rangli, o‘ziga xos hidli, o‘simon modda borligi aniqlanib hujjatlashtirilgan.

Xorazm viloyati IIB eKBning xulosasiga ko‘ra T.SH.dan nazorat tartibida sotib olingan tabletkalarning umumiy sof vazni 2,6 gramm “Tramadol” ekanligi, R.X. o‘z ixtiyori bilan taqdim qilgan bir bo‘lakdagi qog‘oz parchasiga o‘ralgan 0,16 gramm “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi aniqlangan.

Tadbir davomida hujjatlashtirib olingan “Regapen 300 mg” yozuvli dori vositalarini tekshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi IIV eKBMga sud-kimyoviy ekspertizasi tayinlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!