Xonobod shahrida mijozlarga qalbaki AQSh dollarini o‘tkazgan bank sobiq kassiri aniqlandi

Xonobod shahrida mijozlarga qalbaki AQSh dollarini o‘tkazgan bank sobiq kassiri aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xonobod shahar bo‘limi tomonidan AT “Xalq banki” Xonobod filialining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ushbu bank universal kassasi sobiq kassiri I.A va boshqalar o‘zaro til biriktirib, chet davlatlardan pul o‘tkazmalari orqali kelgan AQSh dollarlarini olish uchun bank xizmatidan foydalangan mijozlarga qalbaki 2 600 AQSh dollarini o‘tkazganliklari aniqlanib, shundan qalbaki 1 600 AQSh dollarining mijozlar tomonidan qaytarilishi prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!