Xitoylik investor Buxoroga keldi

Xitoylik investor Buxoroga keldi

Xitoylik investor Li Xaysin boshchiligidagi delegasiyani Buxoro shahri hokimi Qurbon Tursunov qabul qildi.

Shahar hokimi Buxoroning boy tarixi, bugungi kuni, iqtisodiy-ijtimoiy sohalarda erishayotgan yutuqlari, sanoat, ishlab chiqarishi, turizm va investisiyaviy yo‘nalishlardagi imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumot berdi. “Yangi O‘zbekiston” massivi, “Bukhara City” zamonaviy turarjoy va ishbilarmonlik markazi, qurilishi rejalashtirilayotgan yangi aeroport va temir yo‘l vokzali loyihalari bo‘yicha ham taqdimot qilindi.

Li Xaysinga qarashli “China CAMC Engineering Co Ltd.” kompaniyasi Xitoydagi eng yirik va yetakchi kompaniyalardan biri. Kompaniya 2001 yildan buyon faoliyat olib boradi. Kompaniya o‘zining 40 ta ichki va 70 ta tashqi filialiga ega. 70 dan ortiq davlatda turli yo‘nalishlarda loyihalarini amalga oshirgan.

Samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, yangi yo‘nalishlarda ikki tomonlama sheriklik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!