Xitoydagi shaharlardan biri karantinga yopildi

Xitoydagi shaharlardan biri karantinga yopildi

Xitoy hukumati koronavirus bilan bog‘liq ikkita holat aniqlangani tufayli Manchjuriya shahrida qat’iy karantin choralarini joriy etdi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi xabar berdi.

Rejali tekshiruv vaqtida korxonalardan birining ikki nafar xodimida infeksiya aniqlangan.

Xabar qilinishicha, aholisi 250 mingga yaqin bo‘lgan shaharda ommaviy yig‘inlar o‘tkazish taqiqlangan. Ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan maskanlar yopilgan.

Bundan tashqari, Manchjuriya shahrining barcha aholisi tekshiruvdan o‘tkaziladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!