Xitoyda soxta koronavirus vaksinasining 3000 dozasi musodara qilindi

Xitoyda soxta koronavirus vaksinasining  3000 dozasi musodara qilindi

Xitoyda soxta koronavirus vaksinasi tarqatilayotgani aniqlandi va ushbu soxta vaksinaning 3000 dozasi musodara qilindi. Bu haqda Xinhua axborot agentligi xabar berdi.

Gumonlanuvchilar soxta vaksinani o‘tgan yilning sentyabr oyidan beri tarqatib kelishgan.Polisiya soxta vaksinaning barcha dozalarini qayerga sotilganini nazoratga olgan.Soxta vaksinalar shpritslarga fiziologik eritma yuborish orqali tayyorlangan.

Global Times gazetasining ma’lum qilishicha,”vaksina ishlab chiqaruvchilar” o‘z mahsulotlarini xorijga eksport qilmoqchi ham bo‘lishgan.

Polisiya nazorat reydlarini bir nechta joylarda, jumladan Pekin, Shanxay va sharqiy Shandun viloyatida amalga oshirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!